Ehtiyot boʻling! Kuzgi bulochkalar yomgʻiri.

Qandolatchilik uylarimizda xushboʻy qahva xarid qilib, sovgʻaga sevimli bulochkangizni olasiz. Bu kuzgi bulochkalar yomgʻiri emasmi??

Qaynoq ichimlik va pechdan endi chiqqan pishiriqlar bilan birga kuzgi shinamlikdan bahra oling. Mazali onlaringizni his etish uchun mehmonimiz boʻling!

Aksiya 11-oktabrgacha amal qiladi.

"Kuzgi bulochkalar yomgʻiri”

RAGʻBATLANTIRUVCHI AKSIYASINI OʻTKAZISH QOIDALARI

(keyingi oʻrinlarda – Qoidalar)

“Kuzgi bulochkalar yomgʻiri” nomi ostidagi ragʻbatlantiruvchi tadbir (keyingi oʻrinlarda - “Aksiya”) “Safia cafe&bakery” savdo belgisi ostidagi mahsulotlarga qiziqishni shakllantirish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning Oʻzbekiston bozorida sotuvini ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkaziladi.

Aksiyada ishtirok etish orqali Aksiya ishtirokchilari qoidalarni toʻliq qabul qiladi va rozilik beradi.

Aksiya xatarga asoslangan oʻyin hisoblanmaydi.

Aksiyada ishtirok etish majburiy emas.

ATAMALAR VA IZOHLAR

Aksiya – “Kuzgi bulochkalar yomgʻiri” ragʻbatlantiruvchi tadbiri.

Aksiya tashkilotchisi: “SAFIA BAKERY SWEET” MCHJ, Oʻzbekiston.

Filiallar (Filial) – Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi Safia café&bakery qandolatchilik tarmogʻining filiallari.

Mahsulot – Takliflar tarkibiga kiruvchi filiallarda sotiladigan mahsulotlar.

Mahsulotlar roʻyxati Qoidalarning 1.3-bandida koʻrsatilgan.

Taklif – “Kuzgi bulochkalar yomgʻiri”, Aksiyaning amal qilish davrida filiallarda amalga oshiriladi, xarid qilinganda Ishtirokchi shartlarning 1.3-bandida koʻrsatilgan Mahsulotlardan birini oladi.

Aksiya ishtirokchilari – Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi va 18 yoshga yetgan, ushbu Aksiya shartlarini bajargan jismoniy shaxslar:

- 18 yoshga yetgan va Aksiyaning oʻtkazilish hududi mamlakatining fuqarosi sanaladigan yuridik salohiyatli shaxs,

- Qoidalarning 2.1-bandida koʻrsatilgan Aksiya shartlarini bajargan Safia café&bakery (sodiqlik dasturi) mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi.

- mobil ilovada roʻyxatdan oʻtganda Foydalanuvchi taqdim etadigan maʼlumotlar aniq, toʻgʻri va aktual (ishonchli) boʻlishi kerak.

Mobil ilova (sodiqlik dasturi/jamgʻarma tizimi) – Apple Store yoki Google Play orqali yuklab olish mumkin boʻlgan bepul “Safia café&bakery” mobil ilovasi.

Aksiya sayti (Sayt) – https://safiabakery.uz .

1.Aksiya tavsifi

1.1. Aksiyaning oʻtkazilish muddati: 05.10.2024 dan 27.10.2024 gacha.

1.2. Aksiyaning oʻtkazilish hududi: Oʻzbekiston Respublikasidagi Safia café&bakery filiallari

1.3. Aksiyada taklif etiladigan mahsulotlar:

AMERIKANO
AMERIKANO ICE
AMERIKANO x 1 KOFEINSIZ
AEROQAHVA BLACK
AEROQAHVA WHITE
IKKI HISSA AMERIKANO
IKKI HISSA KAPUCHINO
IKKI HISSA LATTE
IKKI HISSA ESPRESSO
ISPANCHA LATTE
KAPUCHINO
KAPUCHINO ICE
IKKI HISSA KAPUCHINO - KOKOS
IKKI HISSA KAPUCHINO - BODOM
KAPUCHINO x 1 KOFEINSIZ
KARAMELLI FRAPPE
KLASSIK FRAPPE
KOKOSLI QAHVA
OʻRMON YONGʻOGʻI QAHVASI
VENACHA QAHVA
QAHVA RAF
LATTE
LATTE ICE
KOFEINSIZ LATTE MAKIATO
LATTE MAKKIYATO - KOKOS
LATTE MAKKIYATO - BODOM
LONG BLACK
MOKKACHINO
TRIPL KAPUCHINO
FLET VAYT
FRAPPUCHINO
SHOKOLADLI FRAPPE
ESPRESSO
ESPRESSO LUNGO
ESPRESSO RISTRETTO
Koʻknorli bulochka
Yongʻoqli bulochka
Olmali bulochka
Quyultirilgan sutli bulochka
Bulochka tvorogli banan
Vatrushkalar
Konvert
Patir
Malinali bulochka
Olcha - olmali bulochka
Oʻrikli va bodomli bulochka
Smorodinali bulochka
GP Olchali bulochka OBL 
GP Oʻrikli va bodomli bulochka OBL
GP Bargakli bulochka OBL
GP Makli bulochka OBL
GP Malinali bulochka OBL 
GP Yongʻoqli bulochka OBL
GP Olcha - olmali bulochka OBL
GP Olmali bulochka OBL 
GP Quyultirilgan sutli bulochka OBL 
GP Smorodinali bulochka OBL 
GP Bulochka tvorogli banan OBL
GP Vatrushka OBL 
GP Konvert OBL 
Olchali bulochka
Shokoladli berliner
Karamelli berliner
Oʻrikli berliner
Smorodinali berliner
Klassik bulochka

1.4. Taklif: Safia café&bakery filiallarida sodiqlik dasturida (mobil ilovada) roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun “Kuzgi bulochkalar yomgʻiri” aksiyasi amal qiladi

1.5. Filialda Mahsulot tugab qolgan taqdirda bu filialdagi Aksiya shunday Mahsulot filialda tugagan vaqtdan boshlab muddatidan oldin tugagan hisoblanadi.

1.6. Aksiya tashkilotchisi Qoidalarga oʻzgartirish kiritish huquqini saqlab qoladi va bunday oʻzgartirishlar kiritilganda Saytda eʼlon qilishga majbur. Oʻzgartirishlar, boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, Saytda eʼlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

2. Aksiyada ishtirok etish shartlari va tartibi

2.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Aksiyaning oʻtkazilish davrida Safia café&bakery qandolatchilik tarmogʻi filialida 1.3-bandda koʻrsatilgan qahva ichimligidan bir porsiya xaridini amalga oshirish, Safia café&bakery jamgʻarib borish tizimidan (mobil ilovadan) QR kodni skanerlash, mobil ilova yoʻq boʻlsa, ishtirokchi ilovani yuklab olishi, roʻyxatdan oʻtishi va QR kodni skanerlashi kerak boʻladi.

2.2. Aksiyaning bitta ishtirokchisi har 30 daqiqada aksiyadan foydalanishi mumkin (xaridlar orasida 30 daqiqa oraliq bilan).

2.3. Qahva xarid qilganda aksiya ishtirokchisi chekda xarid qilingan qahva porsiyalari sonidan qatʼi nazar bitta (1) bulochka olishi mumkin.

2.4. Aksiyada ishtirok etishning boshqa shartlari:

2.5. Aksiya ishtirokchisining Mahsulotni almashtirish yoki oʻzgartirish haqidagi iltimoslari qabul qilinmaydi.

2.6. Aksiya ishtirokchisiga berilgan mahsulot boshqasiga almashtirilishi yoki tarkibi oʻzgartirilishi mumkin emas.

2.7. Mahsulotga qoʻshimcha tarkibiy qismlarni qoʻshish koʻzda tutilmagan.

2.8. Aksiyaga nisbatan Aksiya tashkilotchisining barcha qarorlari qatʼiy hisoblanadi va u ushbu yuzasidan biron-bir yozishmalarga kirishmaydi.

2.9. Aksiya Tashkilotchining boshqa aksiyalari bilan umumlashtirilmaydi (Baxtli soatlar 30%, qahvaga abonement, roʻyxatdan oʻtganlik uchun qahva). Foydalanuvchi aksiyalardan qaysi biri boʻyicha Aksiya Mahsulotini xarid qilishni mustaqil tanlashi mumkin.

3. Aksiya tashkilotchisi va Aksiya ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari

3.1. Aksiya ishtirokchilarining majburiyatlari:

3.1.1. Qoidalarga amal qilish;

3.1.2. OʻzR qonunchiligi va Qoidalarda koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

3.2. Aksiya ishtirokchilarining huquqlari:

3.2.1. Aksiya oʻtkazilish muddati davomida Aksiyada Qoidalarga muvofiq ishtirok etish;

3.2.2. Qoidalarga muvofiq Aksiya haqida maʼlumot olish, jumladan, buyurtma berilgunga qadar muayyan filialda Taklif/Mahsulotlar mavjudligi haqida bilib olish;

3.2.3. Aksiyaning boshqa shartlariga amal qilganda Qoidalarda keltirilgan maxsus narx va tartibda Taklifni olish;

3.3. Aksiya tashkilotchisi majburiyatlari:

3.3.1. Qoidalarda va OʻzR qonunchiligida belgilangan tartibda Aksiyani oʻtkazish.

3.4. Aksiya tashkilotchisining huquqlari:

3.4.1. Aksiya tashkilotchisi Qoidalarni oʻzgartirish yoki Aksiyani bekor qilish huquqiga ega, bu holatda Qoidalarning oʻzgartirilgani yoki Aksiyaning bekor qilinishi haqida Aksiya ishtirokchilarini xabardor qilish tegishli oʻzgarishlarni Saytda yangiliklar boʻlimida eʼlon qilish bilan amalga oshiriladi.

3.4.2. Aksiya oʻtkazilishiga toʻsqinlik qiladigan biron-bir vaziyat yuzaga kelganda (jumladan, internet tarmogʻidagi uzilishlar, virus tushishi, Sayt ishiga uchinchi shaxslarning noqonuniy aralashishi yoki boshqa holatlar) va bunday vaziyat natijasida Aksiyani davom ettirish imkoni boʻlmasa, Tashkilotchi Aksiya oʻtkazilishini vaqtinchalik toʻxtatish yoki butunlay toʻxtatish huquqiga ega.

3.4.3. Aksiya tashkilotchisi oʻz xohishi bilan, aksiya ishtirokchilariga sabablarni izohlamagan va ular bilan yozishmalarga kirishmagan holda, Aksiya ishtirokchilarining har qanday harakatini kuchini yoʻqotgan deb tan olishi, shuningdek, maʼlumotlarni soxtalashtirayotgani yoki Aksiyada ishtirok etish uchun zarur maʼlumotlarni har qanday tarzda qalbakilashtirishdan foyda olayotganiga Aksiya tashkilotchisining asosli shubhalari boʻlgan har qanday shaxs Aksiyada ishtirok etishini taqiqlash huquqiga ega.

3.4.4. Aksiya tashkilotchisi Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini oʻzida saqlab qoladi, Qoidalarda, OʻzR qonunchiligida koʻzda tutilgan va bahsli vaziyatlar yuzaga kelgan holatlar bundan mustasno.

3.4.5. Aksiya tashkilotchisi zaruriyat boʻlganda Aksiya ishtirokchilaridan OʻzRning amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliq organlariga taqdim etish uchun zarur maʼlumotlarni talab qilish huquqiga ega.

3.5. Aksiyaga tegishli barcha bahsli masalalar OʻzRning amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.

3.6. Qoidalar Aksiyada ishtirok etish boʻyicha yagona rasmiy qoidalar hisoblanadi. Ushbu Qoidalar va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmaydigan masalalarning har xil talqin qilinishiga yoʻl qoʻyiladigan vaziyatlar yuzaga kelganda bunday talqin va/yoki izoh haqidagi yakuniy qarorni bevosita va faqat Aksiya tashkilotchisi chiqaradi.

3.7. Taklif tarkibida koʻrsatilgan mahsulot boʻlmaganda Aksiya tashkilotchisi uni buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida filialda mavjud mahsulotga almashtirish huquqiga ega.

 

 

 

 

 

 

 

08.10.24
Ehtiyot boʻling! Kuzgi bulochkalar yomgʻiri.

можно ещё почитать

Ice qahva va sovgʻaga ishtahaochar bulochka!
30% chegirma.
To Top