Sendvich va chegirmali kompot!
RAG‘BATLANTIRUVCHI AKSIYANI O‘TKAZISH QOIDALARI
"SENDVICH SOTIB OLINGANDA - KOMPOTGA 8000 SO‘M CHEGIRMA"
(bundan keyin - Qoidalar)
"SENDVICH SOTIB OLINGANDA - KOMPOTGA 8000 SO‘M CHEGIRMA" (bundan keyin - "Aksiya") nomi ostida o‘tkaziladigan rag‘batlantiruvchi tadbir "Safia café&bakery" savdo belgilari ostidagi mahsulotlarga qiziqishni shakllantirish va uni saqlab qolish, shuningdek, O‘zbekiston bozorida ularning sotilishini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
Aksiyada ishtirok etish orqali Aksiya ishtirokchilari Qoidalarni to‘liq qabul qiladi va ularga rozilik bildiradi.
Aksiya tavakkalchilikka asoslangan o‘yin hisoblanmaydi.
Aksiyada ishtirok etish majburiy emas.
ATAMALAR VA TA’RIFLAR
Aksiya – "SENDVICH XARID QILGANDA KOMPOTGA 8000 SO‘M CHEGIRMA" rag‘batlantiruvchi tadbiri.
Aksiya tashkilotchisi: "SAFIA BAKERY SWEET" MCHJ, O‘zbekiston.
Filiallar (Filial) - Safia café&bakery qandolatchilik tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi hududida, Toshkent shahrida joylashgan bo‘limlari.
Mahsulot – Filiallarda sotiladigan, Taklif tarkibiga kiradigan mahsulotlar.
Mahsulotlar ro‘yxati Qoidalarning 1.3-bandida keltirilgan.
Taklif – Aksiya davomida filiallarda amalga oshiriladigan "SENDVICH XARID QILGANDA KOMPOTGA 8000 SO‘M CHEGIRMA" taklifi. Bunda Aksiya ishtirokchisi sendvich xarid qilganda, shartlarning 1.3-bandida ko‘rsatilgan mahsulotlardan birini 8000 SO‘M chegirma bilan oladi.
Aksiya ishtirokchisi – Safia café&bakery mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan, Qoidalarning 2.1-bandida ko‘rsatilgan Aksiya shartlarini bajargan Safia café&bakery filiali tashrif buyuruvchisi.
Mobil ilova (sodiqlik dasturi/jamg‘arma tizimi) – Apple Store yoki Google Play orqali bepul yuklab olish mumkin bo‘lgan "Safia café&bakery" mobil ilovasi.
Aksiyada ishtirok etish shartnomasi – Aksiya tashkilotchisi va Aksiya ishtirokchisining Aksiyani o‘tkazish doirasidagi o‘zaro majburiyatlari to‘g‘risidagi kelishuv. Bu kelishuv Aksiya ishtirokchisi uchun bepul bo‘lib, Qoidalarning 2-bo‘limida belgilangan tartibda Qoidalar matnidagi shartlarga qo‘shilish orqali tuziladi.
Aksiya sayti (Sayt) – https://safiabakery.uz.
1.Aksiya tavsifi
1.1. Aksiyani o‘tkazish muddati: 15.04.2025-yildan 30.05.2025-yilgacha.
11.2. Aksiya o‘tkaziladigan hudud: Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi Safia café&bakery filiallari
1.3. Aksiyada ishtirok etuvchi mahsulotlar:
Kruassan sendvichi
Tovuqli sendvich
Itburun
Kompot
Tarvuz kompot yalpiz
Kompot sharbati
1.4. Taklif: Safia café&bakery filiallarida sodiqlik dasturida (mobil ilovada) ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun aksiya amal qiladi - SENDVICH XARID QILGANDA - KOMPOTGA 8000 SO‘M CHEGIRMA.
1.5. Agar filialda Mahsulot tugagan bo‘lsa, u holda ushbu filialda Aksiya bunday Mahsulot filialda tugagan paytdan boshlab muddatidan oldin tugallangan hisoblanadi.
1.6. Aksiya tashkilotchisi Qoidalarga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi va bunday o‘zgartirishlarni Saytda albatta e’lon qiladi. O‘zgartirishlar, agar boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
2. Aksiyada ishtirok etish shartlari va tartibi
2.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Aksiya davrida Safia café&bakery qandolatchilik tarmog‘i filialida Taklifni xarid qilish, Safia café&bakery jamg‘arma tizimidan (mobil ilovadan) QR kodni skanerlash, agar mobil ilova bo‘lmasa, ishtirokchi ilovani yuklab olishi, ro‘yxatdan o‘tishi va QR kodni skanerlashi kerak.
2.2. Aksiyada ishtirok etishning boshqa shartlari:
2.2.1. Aksiya ishtirokchisining Aksiyada ishtirok etayotgan Mahsulotni almashtirish yoki o‘zgartirish haqidagi so‘rovlari qabul qilinmaydi.
2.2.2. Aksiya Ishtirokchisiga berilgan Mahsulotni boshqasiga almashtirish yoki tarkibini o‘zgartirish mumkin emas.
2.2.3. Mahsulotga qo‘shimcha ingrediyentlar qo‘shish nazarda tutilmagan.
2.2.4. Aksiya tashkilotchisining Aksiyaga nisbatan barcha qarorlari uzil-kesil hisoblanadi va shu munosabat bilan u hech qanday yozishmalarga kirishmaydi.
2.2.5. Aksiya Tashkilotchining boshqa aksiyalari bilan qo‘shilmaydi. Foydalanuvchi Aksiya Mahsulotini qaysi aksiya bo‘yicha sotib olishni mustaqil ravishda tanlashi mumkin.
3. Aksiya tashkilotchisi va ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
3.1. Aksiya ishtirokchilarining majburiyatlari:
3.1.1. Qoidalarga rioya qilish;
3.1.2. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
3.2. Aksiya ishtirokchilarining huquqlari:
3.2.1. Aksiya o‘tkazilish muddati davomida Qoidalarga muvofiq Aksiyada ishtirok etish;
3.2.2. Qoidalarga binoan Aksiya haqida ma’lumot olish, jumladan buyurtma berishdan avval muayyan filialda Taklif/Mahsulotlar mavjudligini aniqlash;
3.2.3. Aksiyaning boshqa shartlariga rioya qilgan holda, Qoidalarda belgilangan tartibda va maxsus narxda Taklifni qo‘lga kiritish;
3.3. Aksiya tashkilotchisining majburiyatlari:
3.3.1. Aksiyani Qoidalar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda o‘tkazish.
3.4. Aksiya tashkilotchisining huquqlari:
3.4.1. Aksiya tashkilotchisi Qoidalarni o‘zgartirish yoki Aksiyani bekor qilish huquqiga ega, bunda Aksiya ishtirokchilarini bu haqda xabardor qilish Saytning yangiliklar bo‘limida tegishli o‘zgarishlarni e’lon qilish orqali amalga oshiriladi.
3.4.2. Aksiyani o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan holat yuz berganda (jumladan, Internet tarmog‘idagi nosozliklar, viruslar bilan zararlanish, uchinchi shaxslarning Sayt ishiga ruxsatsiz aralashuvi va boshqalar), natijada Aksiyani davom ettirish imkonsiz bo‘lsa, Tashkilotchi Aksiyani vaqtincha to‘xtatish yoki butunlay bekor qilish huquqiga ega.
3.4.3. Aksiya tashkilotchisi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, ishtirokchilarga sabablarini tushuntirmasdan va ular bilan yozishmalar olib bormasdan, ishtirokchilarning har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topishga, shuningdek, ma’lumotlarni soxtalashtirish yoki Aksiyada ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlardan g‘ayriqonuniy foydalanishda asosli shubhalar tug‘ilgan shaxslarning Aksiyada keyingi ishtirokini taqiqlashga haqli.
3.4.4. Aksiya tashkilotchisi ishtirokchilar bilan yozma muzokaralar olib bormaslik yoki boshqa aloqalar o‘rnatmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi, Qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.
3.4.5. Aksiya tashkilotchisi, zarur hollarda, ishtirokchilardan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliq organlariga taqdim etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni talab qilish huquqiga ega.
3.5. Aksiyaga oid barcha bahsli masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
3.6. Qoidalar Aksiyada ishtirok etishning yagona rasmiy qoidalari hisoblanadi. Ushbu Qoidalarni turlicha talqin qilishga yo‘l qo‘yadigan vaziyatlar va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar yuzaga kelgan taqdirda, bunday talqin va/yoki tushuntirish to‘g‘risidagi yakuniy qaror bevosita va faqat Aksiya tashkilotchisi tomonidan qabul qilinadi.
3.7. Taklif tarkibida ko‘rsatilgan mahsulotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, Aksiya tashkilotchisi ularni buyurtma rasmiylashtirilayotgan paytda filialda mavjud bo‘lgan mahsulotlar bilan almashtirish huquqiga ega.
