Qahva va qatlama bilan kayfiyatni koʻtaramiz!

Mazali mahsulotlar kayfiyatni koʻtaradi – sevimli qatlamangizni xarid qiling va sovgaʻga xushboʻy qahva oling!

Aksiya 2-sentabrdan 22-sentabrgacha amal qiladi. Safia Cafe&Backery ilovasida jamgʻarma tizimini skanerlaganda.

“Qahva va qatlama bilan kayfiyatni koʻtaramiz!”

RAGʻBATLANTIRUVCHI AKSIYASINING OʻTKAZILISH QOIDALARI

(keyingi oʻrinlarda – Qoidalar)

“Qahva va qatlama bilan kayfiyatni koʻtaramiz!” nomi ostidagi ragʻbatlantiruvchi tadbir (keyingi oʻrinlarda - “Aksiya”) “Safia cafe&bakery” savdo belgisi ostidagi mahsulotlarga qiziqishni shakllantirish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning Oʻzbekiston bozorida sotuvini ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkaziladi.

Aksiyada ishtirok etish orqali Aksiya ishtirokchilari qoidalarni toʻliq qabul qiladi va rozilik beradi.

Aksiya xatarga asoslangan oʻyin hisoblanmaydi.

Aksiyada ishtirok etish majburiy emas.

Aksiyaning har bir ishtirokchisi chekdagi qoʻshimcha qatlamalar sonidan qatʼi nazar, qatlama xarid qilganlik uchun faqat bir finjon qahva olishi mumkin.

Aksiya xarid amalga oshirilgan vaqtdan boshlab faqat 30 daqiqaga amal qiladi.

ATAMALAR VA IZOHLAR

Aksiya – “Qahva va qatlama bilan kayfiyatni koʻtaramiz!” ragʻbatlantiruvchi tadbiri.

Aksiya tashkilotchisi: “SAFIA BAKERY SWEET” MCHJ, Oʻzbekiston.

Filiallar (Filial) – Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi Safia café&bakery qandolatchilik tarmogʻining filiallari.

Mahsulot – Takliflar tarkibiga kiruvchi filiallarda sotiladigan mahsulotlar.

Mahsulotlar roʻyxati Qoidalarning 1.3-bandida koʻrsatilgan.

Taklif – “Qahva va qatlama bilan kayfiyatni koʻtaramiz!”, Aksiyaning amal qilish davrida filiallarda amalga oshiriladi, xarid qilinganda Ishtirokchi shartlarning 1.3-bandida koʻrsatilgan Mahsulotlardan birini oladi.

Aksiya ishtirokchisi – Safia café&bakery ilovasida roʻyxatdan oʻtgan, Qoidalarning 2.1-bandida koʻrsatilgan Aksiya shartlarini bajargan Safia café&bakery filiali mehmoni.

Mobil ilova (sodiqlik dasturi/jamgʻarma tizimi) – Apple Store yoki Google Play orqali yuklab olish mumkin boʻlgan bepul “Safia café&bakery” mobil ilovasi.

Aksiyada ishtirok etish shartnomasi – Aksiya oʻtkazilish doirasida Aksiya tashkilotchisi va ishtirokchisining oʻzaro majburiyatlari toʻgʻrisidagi kelishuvi, ishtirokchi uchun bepul, Aksiya ishtirokchisining Qoidalar matnida keltirilgan shartlarga Qoidalarning 2-boʻlimida belgilangan tartibda birlashtirish yoʻli bilan tuziladi.

Aksiya sayti (Sayt) – https://safiabakery.uz .

1.Aksiya tavsifi

1.1. Aksiyaning oʻtkazilish muddati: 02.09.2024 dan 22.09.2024 gacha.

1.2. Aksiyaning oʻtkazilish hududi: Safia café&bakery filiallari

Lok-boʻyoq
Ganga
Gvardiyachilar
Ziyolilar
Kadisheva
Tibbiyotchilar shaharchasi
Rohat
Sodiq Azimov
Xast-Imom
Sirgʻali
Avayxon
Ahmad
Doʻmrobod
Zenit
Krestik
Lunacharskiy
Tinchlik
Oʻrikzor
MUM
Yangi Qoʻyliq 5
Oqqoʻrgʻon
Koʻkcha
Mega
Minor
Parkent
ToshMI
Shohimardon
Shohsaroy
Al-Xorazmiy
Jarariq
Mevazor
Beshqayragʻoch
Chilonzor
Chirchiq
Shahriston
City Mall
Ardus
Olmaliq
Qorasaroy
Qarshi
Qushbegi
Malika
Nukus
Nurafshon
Tansikbayev
Uch Qahramon
Fayzobod
Yangiyoʻl
AND Navroʻz
Buxoro
NAM Gʻalaba
Fargʻona
Atlas
Jomiy
Kamolon
Keles
Pionerskaya
Sputnik
Chorsu
Aeroport
Vodnik
Globus
Darxon
SamPI
Chimyon
Shota Rustaveli
Shuhrat
Eko (Chimyon)
Yani Hayot
Bunyodkor
Vatan
Glinka
Izza
Kompas
Qorasuv
Sayram
Sarakulka
TTZ
Farhod
Chigʻatoy
Shtab
Ashrafiy
Maksim Gorkiy
Mehrjon
NAM A.Navoiy
Okean
Huvaydo
Vega
Qoʻqon
Gulobod
Labzak
Novza
Feruza
Erkin
Bekobod
Botkina
Gʻazalkent
Qoʻrgʻontepa
Sebzor
Toʻytepa
Chinoz
Yangibozor
AND Oʻzbegim
Geydar Aliyev
Uy bozor
Savdo markazi (Gagarin)
Bochka
BUX Vokzal
Angren
Zangiota
Nazarbek NEW
OʻzBum
Eshonguzar
Xalqlar doʻstligi
Grandmir
Next
Navoiy
Risoviy

1.3. Aksiyada ishtirok etuvchi mahsulot:

AMERIKANO

KAPUCHINO

LATTE

ESPRESSO

Klassik kruassan

Kruassan lotus

Bodomli kruassan

Pishloqli kruassan

Pistali kruassan

Shokoladli kruassan

Reza mevali kruassan

“Qaynatma kokil” qatlamasi

Goʻshtli qatlama

Ananasli qatlama

Dolchinli qatlama

Shaftolili qatlama

Olmali qatlama

Qatlama chigʻanoq

Shokoladli Pain

1.4. Taklif: Safia café&bakery filiallarida sodiqlik dasturida (mobil ilovada) roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun “QAT-QAT PISHIRIQ XARID QILGANDA QAHVA SOVGʻA” aksiyasi amal qiladi.

1.5. Filialda Mahsulot tugab qolgan taqdirda bu filialdagi Aksiya shunday Mahsulot filialda tugagan vaqtdan boshlab muddatidan oldin tugagan hisoblanadi.

1.6. Aksiya tashkilotchisi Qoidalarga oʻzgartirish kiritish huquqini saqlab qoladi va bunday oʻzgartirishlar kiritilganda Saytda eʼlon qilishga majbur. Oʻzgartirishlar, boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, Saytda eʼlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

2. Aksiyada ishtirok etish shartlari va tartibi

2.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Aksiyaning oʻtkazilish davrida Safia café&bakery qandolatchilik tarmogʻi filialida Taklif xaridini amalga oshirish, Safia café&bakery jamgʻarib borish tizimidan (mobil ilovadan) QR kodni skanerlash, mobil ilova yoʻq boʻlsa, ishtirokchi ilovani yuklab olishi, roʻyxatdan oʻtishi va QR kodni skanerlashi kerak boʻladi.

2.2. Aksiyaning bitta ishtirokchisi aksiyada kuniga koʻpi bilan 3 marta qatnashishi mumkin.
2.3. Chekda bir yoki undan ortiq qatlama pishiriq olinganligi tushgan boʻlsa ham, aksiya ishtirokchisiga qatlama pishiriq xarid qilinganda bir porsiya qahva taklif qilinadi.
Chekda xarid qilingan qatlama pishiriq sonidan qatʼi nazar har qanday qatlama pishiriq sotib olinganda bitta ishtirokchiga bir porsiya qahva taqdim etiladi.

2.4. Aksiyada ishtirok etishning boshqa shartlari:

2.5. Aksiya ishtirokchisining Mahsulotni almashtirish yoki oʻzgartirish haqidagi iltimoslari qabul qilinmaydi.

2.6. Aksiya ishtirokchisiga berilgan mahsulot boshqasiga almashtirilishi yoki tarkibi oʻzgartirilishi mumkin emas.

2.7. Mahsulotga qoʻshimcha tarkibiy qismlarni qoʻshish koʻzda tutilmagan.

2.8. Aksiyaga nisbatan Aksiya tashkilotchisining barcha qarorlari qatʼiy hisoblanadi va u ushbu yuzasidan biron-bir yozishmalarga kirishmaydi.

2.9. Aksiya Tashkilotchining boshqa aksiyalari bilan umumlashtirilmaydi. Foydalanuvchi aksiyalardan qaysi biri boʻyicha Aksiya Mahsulotini xarid qilishni mustaqil tanlashi mumkin.

3. Aksiya tashkilotchisi va Aksiya ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari

3.1. Aksiya ishtirokchilarining majburiyatlari:

3.1.1. Qoidalarga amal qilish;

3.1.2. OʻzR qonunchiligi va Qoidalarda koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

3.2. Aksiya ishtirokchilarining huquqlari:

3.2.1. Aksiya oʻtkazilish muddati davomida Aksiyada Qoidalarga muvofiq ishtirok etish;

3.2.2. Qoidalarga muvofiq Aksiya haqida maʼlumot olish, jumladan, buyurtma berilgunga qadar muayyan filialda Taklif/Mahsulotlar mavjudligi haqida bilib olish;

3.2.3. Aksiyaning boshqa shartlariga amal qilganda Qoidalarda keltirilgan maxsus narx va tartibda Taklifni olish;

3.3. Aksiya tashkilotchisi majburiyatlari:

3.3.1. Qoidalarda va OʻzR qonunchiligida belgilangan tartibda Aksiyani oʻtkazish.

3.4. Aksiya tashkilotchisining huquqlari:

3.4.1. Aksiya tashkilotchisi Qoidalarni oʻzgartirish yoki Aksiyani bekor qilish huquqiga ega, bu holatda Qoidalarning oʻzgartirilgani yoki Aksiyaning bekor qilinishi haqida Aksiya ishtirokchilarini xabardor qilish tegishli oʻzgarishlarni Saytda yangiliklar boʻlimida eʼlon qilish bilan amalga oshiriladi.

3.4.2. Aksiya oʻtkazilishiga toʻsqinlik qiladigan biron-bir vaziyat yuzaga kelganda (jumladan, internet tarmogʻidagi uzilishlar, virus tushishi, Sayt ishiga uchinchi shaxslarning noqonuniy aralashishi yoki boshqa holatlar) va bunday vaziyat natijasida Aksiyani davom ettirish imkoni boʻlmasa, Tashkilotchi Aksiya oʻtkazilishini vaqtinchalik toʻxtatish yoki butunlay toʻxtatish huquqiga ega.

3.4.3. Aksiya tashkilotchisi oʻz xohishi bilan, aksiya ishtirokchilariga sabablarni izohlamagan va ular bilan yozishmalarga kirishmagan holda, Aksiya ishtirokchilarining har qanday harakatini kuchini yoʻqotgan deb tan olishi, shuningdek, maʼlumotlarni soxtalashtirayotgani yoki Aksiyada ishtirok etish uchun zarur maʼlumotlarni har qanday tarzda qalbakilashtirishdan foyda olayotganiga Aksiya tashkilotchisining asosli shubhalari boʻlgan har qanday shaxs Aksiyada ishtirok etishini taqiqlash huquqiga ega.

3.4.4. Aksiya tashkilotchisi Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini oʻzida saqlab qoladi, Qoidalarda, OʻzR qonunchiligida koʻzda tutilgan va bahsli vaziyatlar yuzaga kelgan holatlar bundan mustasno.

3.4.5. Aksiya tashkilotchisi zaruriyat boʻlganda Aksiya ishtirokchilaridan OʻzRning amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliq organlariga taqdim etish uchun zarur maʼlumotlarni talab qilish huquqiga ega.

3.5. Aksiyaga tegishli barcha bahsli masalalar OʻzRning amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.

3.6. Qoidalar Aksiyada ishtirok etish boʻyicha yagona rasmiy qoidalar hisoblanadi. Ushbu Qoidalar va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmaydigan masalalarning har xil talqin qilinishiga yoʻl qoʻyiladigan vaziyatlar yuzaga kelganda bunday talqin va/yoki izoh haqidagi yakuniy qarorni bevosita va faqat Aksiya tashkilotchisi chiqaradi.

3.7. Taklif tarkibida koʻrsatilgan mahsulot boʻlmaganda Aksiya tashkilotchisi uni buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida filialda mavjud mahsulotga almashtirish huquqiga ega.

 

 

 

 

 

13.09.24
Qahva va qatlama bilan kayfiyatni koʻtaramiz!

можно ещё почитать

Ice qahva va sovgʻaga ishtahaochar bulochka!
30% chegirma.
To Top